Zulayho Abdurazoqovna Akromova (1970-yil 15-sentyabrda tugʻilgan, Oʻzbekiston SSR, Jizzax viloyati, Baxmal tumani) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

Zulayho Abdurazoqovna Akromova
Tavalludi 1970-yil 15-iyun
Partiyasi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

Tarjimai holi tahrir

1992-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Baxmal tumanidagi 16-umumta’lim maktabida oʻqituvchilikdan boshlagan. 1996-yilda Baxmal tuman xalq ta’limi boʻlimi metodisti, soʻngra Baxmal tumani hokimligi umumiy boʻlimi referenti lavozimiga tayinlangan. 1997-1999-yillarda „Mehr shafqat va salomatlik“ jamgʻarmasi Baxmal tuman boʻlimi raisi lavozimida ishlagan. 1999-yilda „Oila“ ilmiy-amaliy markazi Jizzax viloyat boʻlimi yetakchi mutaxassisi, soʻng Jizzax viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi referenti lavozimiga oʻtgan. 2002-2005-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati boʻlimi bolalar tashkiloti raisi, kadrlar va axborot-tahlil boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan.

2005-yilda „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi ikkinchi kotibi, soʻng Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, kotibiyat mudiri lavozimlariga tayinlangan. 2007-2008-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan, soʻngra yana Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlab kelgan.

2015-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan. 2020-yilda yana deputat etib saylandi hamda Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasiga aʼzo boʻlgan[1].

Manbalar tahrir

  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.