Zulfiya Umidova

oʻzbekistonlik terapevt olima
(Zulfiya Ibrohimovna Umidovadan yoʻnaltirildi)

Zulfiya Ibrohimovna Umidova (1897-yil 1-iyun, Toshkent – 1980-yil 17-aprel) – terapevt olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1949), SSSR Tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1948). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor (1944), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948).

Zulfiya Umidova
Tavalludi 1-iyun 1987-yil
Toshkent, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1980-yil
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni AMN SSSR muxbiri
Akademik rahbarlari A. N. Kryukov
Mashhur shogirdlari R. A. Katsenovich

Biografiyasi

tahrir

Zulfiya Ibrohimovna 1897-yil 1-iyunda Toshkentda tavallud topgan.

U Toshkent xotin-qizlar gimnaziyasini medal bilan tugatib, Petrograd ayollar tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan va 1918-yilning apreligacha tahsil olgan.

Umidova 1918–1920-yillarda Toshkentdagi Turkiston Xalq Komissarligining 159-evakuatsiya kasalxonasida, 1920–1922-yillarda Sogʻliqni saqlash xalq komissarligida instruktor boʻlib ishlagan[1].

1922-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining davolash fakultetini tamomlagan. Soʻngra gospital terapevtik poliklinikasida va 1926–1930-yillarda 2-shahar kasalxonasida rezident boʻlib faoliyat olib borgan.

Zulfiya 1930-yilda Toshkent tibbiyot institutiga qaytib, gospital terapevtik poliklinikasida avval assistent, soʻngra 1937–1944-yillar oraligʻida dotsent lavozimlarida ishlagan. 1945-yildan 1969-yilgacha gospital terapevtik klinikasini boshqargan. 1937-yilda ilmiy ishlar kombinatsiyasi asosida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini qoʻlga kiritdi.

Vrach 1946-yilda „Sogʻlom odamning yurak-qon tomir tizimi va miokard infarktining klinik xususiyatlari, shuningdek, issiq iqlim sharoitida koronar yetishmovchilikning boshqa shakllari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1948-yilda Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylandi[2].

1970-yildan 1975-yilgacha shifoxonaning terapevtik klinikasida maslahatchi professor boʻlib faoliyat olib borgan.

Koʻp yillar davomida Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligining toʻrtinchi bosh boshqarmasining yetakchi maslahatchisi boʻlgan.

Umidova 1944-yilda xizmat koʻrsatgan shifokor, keyinroq esa Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi unvonlariga sazovor boʻldi.

Uch marta Toshkent shahar Kengashiga (1961, 1965, 1967) hamda Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashida deputat etib saylangan (1951). Zulfiya Budapesht (1946) va Helsinkidagi demokratik ayollar qurultoylari ishida qatnashgan. U 1952-yilda Hindistondagi delegatsiya tarkibida boʻlgan.

Deputat Umidova 1980-yilda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Zulfiya Fiziologiya va kardiologiya sohasida mutaxassis boʻlgan.

Shifokor Zulfiyaning professorlar G. F. Mankus va I. A. Kassirskiylar bilan birgalikda yozilgan kardiologiyaga oid dastlabki ishlari bezgak va vitamin yetishmasligini oʻrganishga bagʻishlangan.

Olima 80 ta ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta „Voprosi klimatofiziologii“ (1939), „Fiziologiya i patologiya serdechno-sosudistoy sistemi v usloviyax jarkogo klimata“ (1949) va „Ocherki kardiologii jarkogo klimata“ (1975) monografiyalari muallifidir.

Uning rahbarligida 32 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Umidova „Znaniye“ jamiyati bilan faol hamkorlik qilib, oʻzbek va rus tillarida maʼruzalar oʻqigan[3].

Zulfiya Respublikaning terapevtik va kardiologiya ilmiy jamiyatlariga rahbarlik qilgan. BMEning „Kardiologiya“ boʻlimi muharriri (III nashr), kardiologlar va terapevtlar jamiyatlari kengashi hamda Xalqaro terapevtlar assotsiatsiyasi aʼzosi boʻlgan. „Kardiologiya“ va „Terapevticheskiy arxiv“ jurnallari tahririyatida ishlagan.

Mukofotlari

tahrir

Zulfiya Ibrohimovna Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „УМИДОВА ЗУЛЬФИЯ ИБРАГИМОВНА“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  2. „УМИДОВА Зульфия Ибрагимовна“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  3. „Зульфия Ибрагимовна Умидова“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.

Adabiyot

tahrir
  • Sobirov O., Umir shoir Safarov, T., 1982.