Qobusnoma

Kaykovusning Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy asari
("Qobusnoma"dan yoʻnaltirildi)

Qobusnoma — Kaykovus (asl ismi Unsur al-Maoliy) tomonidan XI asrning 82–83-yillarida fors tilida yozilgan asar[1]. Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi.

Qobusnoma

Eron Molik Milliy muzeyi kutubxonasida joylashgan Qobusnoma qoʻlyozmasining 1349-yildagi oxirgi sahifasi
Asl nomi Mavʼizatnomai Kaykovus
Muallif(lar) Unsur al-Maoliy (Kaykavus)
Tarjimon(lar) Muhammad Rizo Ogahiy
Mamlakat
Til Forscha
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi
  • 1965-yil
  • 1973-yil
  • 1986-yil
  • 1994-yil
  • 2019-yil
Eron Molik Milliy muzeyi kutubxonasida joylashgan Qobusnoma qoʻlyozmasining 1349-yildagi oxirgi sahifasi
Mavʼizatnomai Kaykovus

Endi bu “Nasihatnoma” jomeining soʻzi buldurkim, turkiy iborati bila mastur boʻlur.
Bu pandni jam etguvchi amir Unsurulmaoliy Kaykovus binni Iskandar binni Qobus binni Vushmagir oʻzini(ng) farzandi Gilonshohga dediki:
“Ey farzand, men qaribman va ojizlik menga gʻolib boʻlubdur, oʻlim vaqti yaqin kelibdur, azlliyning yorligʻi bir kitobdurki, uni hech chora koʻruvchining qoʻli hiylagirlik bila yoʻq qila olmagʻusidur...”

Kaykovus (Kirish soʻzidan)

Asar tarixi tahrir

 
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Qobusnoma haqida sahifa mavjud.

XI asrning 82–83-yillarida Mozandaron (Tabariston) hukmdori Shams ul-Maoliy Qobusning nabirasi Kaykovus oʻz oʻgli Gilonshohga atab “Mavʼizatnomai Kaykovus” (tarjimasi: “Kaykovusning nasixatnomasi”) asarini yozgan[2]. Ushbu asarni bobosi podshoh Shams ul-Maoliy Qobus sharafiga “Qobusnoma” deb atagan[1]. A.Y.Krimskiy, Vasiliy Bartold, Yevgeniy Bertels kabi sharqshunos olimlar asarni o‘rganish ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan[3].

Tarjimalari tahrir

1432-yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan turk tiliga, 1702–1705-yillar Hasan Poshsha Nazmizoda Murtozo tomonidan yana turk tiliga, 1786–1787-yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan uygʻur tiliga, 1881-yilda Qayum Nosiriy tomonidan tatar tiliga, XIX asrda ingliz, nemis (1881), fransuz (1886) va rus tillariga tarjima qilingan[3]. 1935-yilda Tehron universitetining professori, adib Said Nafisiy ushbu asarni Tehronda nashr ettirgan.

1860-yilda oʻzbek tiliga ilk marotaba shoir va mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan. Asarning oʻzbek tiliga tarjima qilinishi shahzoda Feruz Muhammad Rahimxon II topshirigʻi bilan boʻlgan. Uning qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida qoʻlyozmalar fondida va Sankt-Peterburgdagi “Saltikov-Shchedrin” nomli nomli kutubxonada saqlanadi[1][4].

Nashrlar tahrir

“Qobusnoma” asari 1965, 1973 va 1986-yillarda adabiyotshunos olim Subutoy Dolimov say-harakatlari bilan 3 marotaba nashrdan chiqarilgan[1]. Ushbu nashrlarda asarning baʼzi boblari davlat mafkurasiga zidligi tufayli qisqartirishga uchraganligi taʼkidlanadi[3]. 1994-yil “Istiqlol” nashriyoti tomonidan[1], 2019-yilda esa “Oʻqituvchi” nashriyoti tomonidan qayta nashr etilgan[5].

Tuzilishi tahrir

Asarning 1994-yilgi nashri muqaddima va 44 bobni oʻz ichiga olgan. Ushbu nashrga Ogahiyning qoʻlyozmasi, Yevgeniy Bertelsning rus tilidagi tarjimasi va Said Nafisiyning Tehron nashri asos qilib olingan.

Asarda Qurʼon suralari, Muhammad paygʻambarning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli rivoyatlar, maqollar, sheʼr va latifalar joy olgan[1].

Yoritilgan mavzular tahrir

Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilm va sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik.

Kaykovus dunyodagi mavjudotni bir-biri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa “jon” bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʼtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Xudoni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, yaʼni “sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim”, deydi.

Manba tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Kaykovus (Unsur al-Maoliy). Qobusnoma. Toshkent: "Istiqlol" nashriyoti, 1994 — 173 bet. 
  2. Malohat BADALBAEVA. „«Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasi“. Hurriyat. Qaraldi: 16-may 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 Sojida, To‘xtayeva (1–fevral 2023–yil). "QOBUSNOMA" ASARI NASHRLARIGA DOIR BA'ZI MULOHAZALAR“. INTERNATIONAL CONFERENCES. 270-273-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. „KAYKOVUS «QOBUSNOMA«DAN“ (30-may 2020-yil). Qaraldi: 16-may 2024-yil.
  5. Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent: “Oʻqituvchi” nashriyoti, 2019 — 208 bet. ISBN 978-9943-22-355-4.