Abdugʻaffor Qodirov
Abdugʻaffor Qodirov (1938-yil 28-mart, Andijon shahri Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1999-yil 27-noyabr, Andijon, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik raqqos, sozanda, baletmeyster, Andijon polkasi oʻzbek milliy raqs turi harakatlari sahnalashtiruvchisi[1]. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Yigitlar raqsi, Dilxiroj, Kichkina, Jazoir va shu kabi koʻplab raqs turlari muallifi sifatida tanilgan[2].
Abdugʻaffor Qodirov | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
28-mart 1938-yil |
Vafoti |
27-noyabr 1999-yil (61 yoshda) Andijon shahri, Andijon viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | raqqos, sozanda, baletmeyster |
Leybl | Andijon polkasi ansambli |
Bolalari | 9 nafar |
Janr | folklor, popurri |
Hamkorligi | Yunusqori Yusupov, Fattohxon Mamadaliyev, Gʻulomjon Roʻziboyev, Orifjon Toshmatov |
Faoliyat yillari | 1956—1984[manba kerak] |
Mukofotlari |
Faoliyati tahrir
Abdugʻaffor Qodirov Andijon polkasi sahnalashtirgan sozanda va baletmesdir. U 1957-yil Navoiy nomli Andijon shahri bogʻida ochilgan Yosh tabiatshunoslar stanyasi deb nomlangan turli toʻgaraklar tashkil etgan. Koʻplab musiqa ixlosmandlari uning toʻgaragiga qatnashib yurgan. Viloyat va tumanlarda oʻtkaziladigon tadbirlarda Abdugʻaffor Qodirovning ishtirokisiz tasavvur qilib boʻlmagan. Toshkent viloyatida oʻtkaziladigon tadbir va tanlovlarda ansambllar tashkil etib oʻzi rahbar sifatida faoliyat olib borgan.
1970-yilda Gʻulomjon Roʻziboyev bilan hamkorlikda popurri sanʼatini yaratishgan. 1978-yil Bolgariyada boʻlib oʻtgan jahon folklyor sanʼatida Abdugʻaffor Qodirov ansamblga rahbarlik qiladi. 1973-yilda Rossiyada oʻtkazilgan folklor festivalida Andijon viloyati Shahrixon shahridagi „Chashma“ ansambli va „Andijon polkasi“ ansambillari bilan safarda boʻladi[2].
Qoʻshgan hissasi tahrir
Abdugʻaffor Qodirov:
- Oʻzbekistonda yigitlar raqsi rivojiga;
- Oʻzbekcha, uygʻurcha, tojikcha, qirgʻizcha, xorazmcha, buxoro va samarqandcha yalla laparlarga;
- Yalla, lapar, uygʻur raqslarini tayyorlashda juda katta hissa qoʻshgan.
Mukofotlari tahrir
- Fidokorona xizmatlari uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan[2].
- Abdugʻaffor Qodirovga obkomning 3-sekretari Mirza Muhiddinov tomonidan mukofot sifatida oʻsha yillarga tegishli boʻlgan Moskvich mashinasi va Andijon shahar Klara setkin fazasidan 4 xonali uy ajratilib beriladi (1970-yil)[2].
Adabiyotlar tahrir
- Maxmudov, Avazbek. Andijon sanʼati fidoiylari, Toʻldirilgan 2-nashr, Toshkent: Akademnashr, 2018 — 103-106 bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. 1-iyun 2023-yilda qaraldi.
Manbalar tahrir
- ↑ „Ming nafar yigit bir paytning oʻzida “Andijon polkasi”ga raqs tushdi“. xs.uz. 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 103-106 bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. 2-iyun 2023-yilda qaraldi.