Abu Muhammad Abdulkarim ibn Muhammad ibn Muso al-Buxoriy al-Miygʻiy al-Faqih al-Hanafiy — oʻz davrining eʼtiborli imomlaridan boʻlgan. Tarkidunyo qilib, zohidona hayot kechirgan. Asʼhobu-r-raʼyning muftiysi, Abu Hanifa asʼhoblarining peshvosi boʻlgan. Dinda juda xudojoʻy ulamolardan edi. U yashagan davrda Samarqandda u kabi faqih va fazilat sohibi boʻlmagan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdulkarim al-Miygʻiy 983-yilda (hijriy 373-yil) vafot etgan[1].


Abdulkarim al-Miygʻiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 983-yil (hijriy 373)
Dini Islom

Asarlari tahrir

Nasoyihu-l-Abror [Suyukli zotlarning nasihatlari].

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.