Abdulla Qurbonov (2-sentabr 1976-yil) — oʻzbek xonandasi va kinoaktyori.

Abdulla Qurbonov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Abdulla Akbarovich Qurbonov
2-sentyabr 1976-yil (1976-09-02) (47 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Xonanda, aktyor
Janr Pop musiqa
Faoliyat yillari 1991-yildan hozirgacha

Hayoti tahrir

Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan[1]. Otasi Akbar Qurbonov novvoy boʻlgan. Uning 10 nafar (9 oʻgʻil va 1 qiz) farzandi boʻlgan.

Abdulla Qurbonovning ilk chiqishlaridan biri 1987-yilda akasi Doniyor Qurbonovning to‘yida boʻlib oʻtadi. Toʻylardagi chiqishlarining birida u Muhriddin Xoliqovga shogirtlikka tushadi.

Abdulla Qurbonov 1990–1991-yillarda oʻzbek xonandasi Botir Zokirov ijodiga bagʻishlangan vokal tanlovida “Arab tangosi” qoʻshigʻini ijro etib Farruh Zokirov eʼtiboriga tushadi va Moskvada Yalla guruhining konsertida ishtirok etadi[2].

Qamoqqa olinishi tahrir

2013-yil 16-fevralda qoʻshiqchining ichki ishlar boshqarmasida bezorilik qilayotgani haqidagi video YouTubeda paydo boʻldi[3][4]. Qurbonovning soʻzlariga koʻra u Boʻstonliqdagi toʻydan keyin kafega borib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan vajanjalda qatnashgan hamda 10 kunga qamatilgan[5].

Litsenziyasi bekor qilinishi tahrir

2013-yil 26-fevralida Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Abdulla Qurbonovga berilgan litsenziya bitimda nazarda tutilgan shart va talablarni muntazam buzgani uchun bekor qilinishi haqida rasmiy bildirish tarqatdi.[6][7][8]

Ijodi tahrir

Aktyorlik faoliyat tahrir

Filmografiyasi
Yil Film Rol Izoh
2010 Sogʻinch Tergovchi
2013 Yor-yor qani? Oʻzi

Manbalar tahrir

  1. „АБДУЛЛА ҚУРБОНОВ. УНИНГ ЖОНИГА ҚАСД ҚИЛИШДИ!?“ (oʻzbekcha). new.uz (4-mart). Qaraldi: 28-fevral 2013. [sayt ishlamaydi]
  2. ЕЛЕНА ШМИДТ. „Абдулла Курбонов“ (ru). 24smi.org. Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  3. Abdulla Qurbonov ichki ishlar boshqarmasida, YouTube
  4. „Узбекскому певцу Абдулло Курбанову грозит тюремное заключение“ (rus). aloqada.com (18-fevral 2013). 2013-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2013.
  5. „АБДУЛЛА ҚУРБОНОВ: "МЕНИНГ ХАТОИМНИ БОШҚАЛАР ТАКРОРЛАМАСИН!"“ (oʻzbek). shov-shuv.uz (23-fevral 2013). Qaraldi: 28-fevral 2013.[sayt ishlamaydi]
  6. „Расмий билдириш“ (oʻzbekcha). Oʻzbeknavo (26-fevral 2013). 2013-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2013. (Wayback Machine saytida 2013-03-04 sanasida arxivlangan)
  7. „Abdulla Qurbonovning litsenziyasi bekor qilindi“ (oʻzbek). daryo.uz (27-fevral 2013). 2014-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2013.
  8. „Узбекского певца лишили лицензии за оскорбление милиционеров“ (rus). lenta.ru (28-fevral 2013). Qaraldi: 28-fevral 2013.