Abdulloh al-Kadaniy

Fozil, imom

Abdulloh ibn Ali ibn ash-Shoh al-Kadaniy (Abu Ahmad) — fozil imom bo‘lgan. Abdulloh al-Kadaniy milodiy 1012-yil (hijriy 402-yil)da tugʻilgan.

Abdulloh al-Kadaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1012-milodiy yil (hijriy 402-yil)
Vafoti hijriy 483-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Fozil imom

Yaratgandan yomg‘ir yog‘dirishini so‘rab, Samarqanddan Xartangga (Imom al-Buxoriy maqbarasiga) borgan olimlardan biri edi. Alloh taolo ularning iltijosini mustajob qilib, ular Xartangdan qaytib ketmay turib yomg‘ir yog‘dirgandi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdullah al-Kadaniy hijriy 483-yilning rajab oyida vafot etgan[1].

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.