Abdurrahmon as-Saraxsiy (Abulfaraj)

shofiʼiy faqih, fiqh sohasi vakili

Abdurrahmon ibn Ahmad ibn Abdurrahmon as-Saraxsiy — „az-Zor“ nomi bilan mashhur bo‘lgan shofiʼiy faqih. Uning Ibn as-Sibog‘ning „ash-Shomil“ („Keng qamrovli“) kitobidan ham kattaroq fiqhga oid asari bo‘lgan. Fiqh sohasida tinimsiz ijod qilgan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Abdurrahmon as-Saraxsiy hijriy 494-yilda vafot etgan[1].

Abdurrahmon as-Saraxsiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti hijriy 494-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi shofiʼiy faqih, fiqh sohasi vakili

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 23 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.