Abdurrahmon ibn Gʻanm

Abdurrahmon ibn Gʻanm tobeʼin, faqih

Abdurrahmon ibn Gʻanm (arabcha: عبد الرحمن بن غنم — Abdurrahmon ibn Gʻanm ibn Kurayz ibn Honiy al-Ash’ariy,?, Yaman — 78/697,?) — tobeʼin, faqih.

Abdurrahmon ibn Gʻanm ibn Kurayz ibn Honiy al-Ash’ariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 697-yil (hijriy 78-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tobeʼin, faqih

Hayoti va faoliyati tahrir

Payg‘ambar hayotlik paytlarida tug‘ilgan. Asli yamanlik. Otasi sa­hobalardan bo‘lganligi haqida turli rivoyatlar bor. Muoz ibn Jabal Payg‘ambar tomonlaridan Yamanga yuborilganida (10/631-yil) unga hamrohlik qilgan va Muozning vafotiga qadar undan ayrilmasdan fiqh ilmini o‘rgangan. Shu bois „Sohibi Muoz“ (Muozning do‘sti) deb atalgan. Umar, Usmon, Ali, Abu Zarr, Abu Hurayra, Abu Dardo, Muoviya va boshqa ko‘p­lab sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Hadis rivoyatida siqa deb qabul qilingan Abdurrahmon ibn Gʻanmdan o‘g‘li Muhammad, Abu Idris al-Xavloniy, Makhul va Atiyya ibn Qays kabi ko‘plab tobeʼinlar rivoyat qilganlar. Ahmad ibn Hanbal ham „Musnad“da undan mursal hadislar rivoyat qilgan. Abdurrahmon ibn Gʻanm fiqhni o‘rgatish uchun Umar, ayrim manbalarda Usmon tomonidan Shomga yuborilgan. Bir muddat Falas­tinda bo‘lib, Marvon bilan birga 684-yilda Misrga safar qilgan. Uning nomi Falastin, ayniqsa, Shom atrof­larida mashhur bo‘lgan. Manbalarda shomlik tobeʼin olimlarining barchasi undan fiqh ilmini o‘rganganlari zikr qilingan[1].

Adabiyotlar tahrir

  1. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 487;
  2. Az-Zahabiy. Siyar. IV, 45-46; As-Suyutiy. Husn al-muhāzara. — Qohira: 1387/1967. I, 217;
  3. Orhan Çeker. „Abdurrahman b. Ganm“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 162.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.