Abdushams ibn Abdumanof

Quraysh qabilasining yirik urug‘laridan Abdushams farzandlari shajarasining (Bani Abdushams) asoschisi

Abdushams ibn Abdumanof (arabcha: عبد شمس بن عبد مناف – Quraysh qabilasining yirik urugʻlaridan Abdushams farzandlari shajarasining (Bani Abdushams) asoschisi.

Abdushams ibn Abdumanof
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Ota-onasi
  • Abdumanof ibn Qusay (otasi)
  • Otika bint Murra (onasi)
Tanilgan sohasi Bani Abdushams asoschisi

Hayoti va faoliyati tahrir

Otasi – Abdumanof ibn Qusay, onasi – Otika bint Murra boʻlib, tavallud va vafot etgan sanasi nomaʼlum.

Tavalludi tahrir

Ibn Hishomning keltirishicha, Abdushams ibn Abdumanof bila Hoshim egizak boʻlib, terisining bir qismi bir-biriga yopishgan holatda tugʻilgan va Abdumanof qilichi bilan ikkovini orasini ajratgan.

Abdushams ibn Abdumanofning egizi Hoshimdan hoshimiylar, oʻgʻli Umayyadan esa umaviylar urugʻlari tarqagan. Abdushams ibn Abdumanof otasi Abdumanof va egizi Hoshim vafotidan ke­yin oʻz urugʻiga yetakchilik qilgan hamda Abduddor urugʻidan Kaʼba va hojilarga koʻrsatiladigan xizmatlarning bir qismini egallashga erishib, Quraysh qabilasiga katta taʼsir oʻtkaza boshlagan. Karvonboshilik va qoʻmondonlik vazifasi hisoblangan qiyoda ham shu tarzda Abdushams avlodi qoʻliga jamlangan. Bu vazifa Abdushamsdan keyin oʻgʻli Umayyaga, keyinchalik nabirasi Abu Sufyon ibn Harbga oʻtgan.

„Iylof“ uyushmasi tahrir

Abdushams ibn Abdumanof aka-ukalari Muttalib va Nav­fal bilan birgalikda Hoshim boshchiligida tuzilgan mavsumiy savdo karvonlarini uyushtiruvchi „iylof“ uyushmasida qatnashib, tijorat bilan jiddiy shugʻullangan va umrining asosiy qismini safarlarda oʻtkazgan. Hoshim va Muttalibning vafotidan soʻng „iylof“ga ham boshchilik qilishni boshlagan Abdushams ibn Abdumanof savdo bitimlarini tuzish maqsadida Yaman orqali Habashistonga safar qilib, Makka va Habashiston oʻrtasida savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilishiga erishdi.

Vafoti tahrir

Abdushams ibn Abdumanof ushbu safardan qaytgach, koʻp oʻtmay vafot etdi va Safo togʻi yonbagʻridagi Ajyod nomli tepalikka dafn etilgan. Abdushams ibn Abdumanof Makkada Tuvo, Jaʼfar, Rum va Hum nomli quduqlarni qazdirgani rivoyat qilingan.

Urugʻi tahrir

Abdushams ibn Abdumanofning oʻn ikkita farzandi boʻlgan. Shomda istiqomat qilgan Umayya va Navfal ismli ikki oʻgʻlidan tashqari barcha farzandlari Makkada yashagan va Bani Abdushams ibn Abdumanof nomi bilan Quraysh qabilasining muhim va obroʻli urugʻini tashkil qilganlar[1].

Adabiyotlar tahrir

  • Ibn al-Kalbiy. Jamhara an-nasab. – Quvayt: 1403/1983. I, 94, 148;
  • Ibn Hishom. Sӣra. – Qohira: 1375/1955. I, 106, 131, 135, 137, 139;
  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1388/1968. I, 75, 77, 79, 85;
  • Az-Zubayriy. Nasab Quraysh. – Qohira: 1953. 14, 97;
  • Ibn Habib. Al-Muxabbar. – Haydar­obod: 1361/1942. 163, 169, 399, 456;
  • At-Tabariy. Tarӣx. – Leiden: 1879-1901, I, 1089, 1092;
  • Ibn Durayd. Al-Istiqāq. – Qohira: 1378/1958. 17, 73, 155, 165-167;
  • M. Hamîdullah, İslâm Peygamberi (trc. Salih Tuğ). – İstanbul: 1980. I, 318, 477;
  • Kahhola. Mu’jam qabāil al-’arab. – Bayrut: 1402/1982. II, 724;
  • Mustafa Fayda. „Abdüşems b. Abdümenâf“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 304.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.