Abu-l-Abbos at-Tusiy (arabcha: أبو العباس الطوسي — Abu-l-Abbos al-Fazl ibn Sulaymon at-Tusiy, VIII asr) — noib.

Abu-l-Abbos al-Fazl ibn Sulaymon at-Tusiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi VIII asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi noib

Hayoti va faoliyati tahrir

Xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782-786-yillar), amir Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida bo‘lgan. Abu-l-Abbos at-Tusiy ko‘chmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan Sug‘d oralig‘ida devor qurdirgan. Har bir farsaxga (1 farsax — 6-7 km ga teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam minora barpo etgan. Baʼzi manbalarda Abu-l-Abbos at-Tusiy Buxoroning vayron bo‘lgan devorlarini tiklagan, deb yoziladi. Abu-l-Abbos at-Tusiy mamlakat obodonchiligi yo‘lida ko‘p ishlarni amalga oshirgan[1].

Adabiyotlar tahrir

  1. O‘zME. -T.: 2000. I, 55.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.