Abu Ali al-Andoqiy

roviy va soʻfiy shayx

Abu Ali al-Andoqiy (arabcha: أبو علي الأنداقي — Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Siboʻ ibn an-Nazr ibn Mus’ada ibn Buhayr al-Bakriy as-Samarqandiy al-Andoqiy) — roviy va so‘fiy shayx.

Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Sibo’ ibn an-Nazr ibn Mus’ada ibn Buhayr al-Bakriy as-Samarqandiy al-Andoqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan XII—XIII asrlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy, soʻfiy shayx

Hayoti va faoliyati tahrir

Ibn Abu-l-Hasan al-Andoqiy va as-Siboʻiy nomlari bilan tanilgan Abu Ali al-Andoqiyning tavallud va vafot sanalari borasida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Taxminan XII—XIII asrlarda yashab, ilmiy faoliyat olib borgan. Manbalarda olim tasavvuf taʼlimotini mukammal bilgan zot sifatida zikr qilinadi. Asosan Abdulxoliq Gʻijduvoniy taʼlimotini ilgari surgan.

Hadislari tahrir

Abu Ali al-Andoqiy Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniy, Abdulloh ibn Abdurrahmon ad-Dorimiy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, olimdan Nasr ibn al-Fath as-Samarqandiy va Ibrohim ibn Hamduvayh as-Samarqandiylar rivoyat qilganlar[1].

Adabiyotlar tahrir

  1. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Haydarobod: „Doi­ra al-maʼorif al-Usmoniyya“, 1962. I, 359; V, 43;
  2. Yoqut. Mu’jam. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1995. I, 260;
  3. Abdulloh Abdulhamid Saad. O‘rta Osiyo olimlari qomusi. — T.: „Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi“, 2007. 56;
  4. O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 26;
  5. Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 166.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.