Al-Xodar yoki Al-Xidr (Arabic: الخضر) janubiy Iroqdagi Musanna muhofazotidagi shahar. Furot daryosi boʻyida joylashgan. Shahar nomi oʻsha yerda joylashgan al-Xizr ziyoratgohidan kelib chiqqan. 2018-yil holatiga koʻra, shaharda 42,800 nafar aholi istiqomat qilgan[1].

Al-Xodar

الخضر
31°11′58″N 45°32′54″E / 31.19944°N 45.54833°E / 31.19944; 45.54833 G OKoordinatalari: 31°11′58″N 45°32′54″E / 31.19944°N 45.54833°E / 31.19944; 45.54833 G O
Mamlakat Iroq
Muhofazot Musanna muhofazoti
Asos solingan 1921
Aholisi
 (2018)
42,800
Al-Xodar xaritada
Al-Xodar
Al-Xodar

Nom tahrir

Shahar oʻsha yerda joylashgan Xizr ziyoratgohi sharafiga nomlangan. Shaharga har yili minglab odamlar ziyorat uchun kelishadi.

Geografiya tahrir

Shahar hududi taxminan 1000 km2. Shahar Samavadan 27 kilometr (17 milya) janubi-sharqda joylashgan[2].

Aholi tahrir

Shaharda 1920-yilda inglizlarga qarshi Iroq qoʻzgʻolonida qatnashgan bir qancha shia arab qabilalari istiqomat qiladi. Eng koʻzga koʻringan qabilalar Bani Hojim, Bani Saʼd va al-Aboud qabilalaridir.

2009-yilda shahar aholisi 34,597 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2018-yilda 42,800 nafarga yetgan[1].

Mahallalar tahrir

  • al-Sanaʼa
  • al-Ansar
  • al-Xodar al-Qadim
  • al-Askariy
  • al-Maqam
  • al-Asriy
  • al-Imom al-Hasan al-Askariy
  • al-Bourisha

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Iraq: Governorates, Major Cities & Urban Centers - Population Statistics, Maps, Charts, Weather and Web Information“. www.citypopulation.de. 2018-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
  2. Calculated with Google Maps