Aleksandr Alekseyevich Lebedev [1893.14(26).! 1, Litva — 1969.15.3, Leningrad] — rus fizigi, akademik (1943). Peterburg universitetini tugatgan (1916). Ilmiy ishlari texnik va amaliy optikaga hamda elektron optikaga oid. Shisha buyumlarini sekin-asta sovitish yoʻli bilan sinmaydigan qilish nazariyasini ishlab chiqqan. Bir qancha ishlari interferensiyani tekshirishga va undan foydalanishga bagʻishlangan. Qutblovchi interferometr yasagan (1931). Lebedev rahbarligida elektron mikroskopnit birinchi namunasi (1947), tez sodir boʻluvchi jarayonlarni suratga oluvchi fotokamera yaratilgan. Ilmiy ishlari fotoelektr hodisalarni oʻrganishga va nurlanish qabul qilgichlarni yaratishga tegishlidir.[1]

Aleksandr Lebedev

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil