Amplituda (lotincha: amplitudo – kattalik, miqdor) – muayyan qonunga muvofiq tebranayotgan kattalikning nol qiymatidan eng katta ogishi. Mas, mayatnikning muvozanat holatdan ogi-shi, oʻzgaruvchan elektr tokida tok kuchi va elektr kuchlanishi qiymatlarining ogishi va hokazo Boshqacha aytganda, Amplituda te-branish qulochini ifodalaydi. Tebrana-yotgan kattalik yarim tebranish davrida bir marta eng yuqori qiymatga erishadi. Garmonik tebranishlarda Amplituda oʻzgarmaydi: u doimiy bir xil qiymatga ega boʻladi.

1 - Amplituda

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil