António Manuel da Fonseca (1796-yil 27-sentyabr, Lissabon — 1890-yil 4-oktyabr, Lissabon) — portugal rassomi, illyustrator va teatr dizayneri; mifologik va tarixiy sahnalarni tasvirlagani bilan mashhur.

Avtoportret (1828)
Aeneasning otasi Anchisesni qutqarilishi (1855)

Biografiya tahrir

António Manuel da Fonsecaning sanʼatdagi ilk ishlarini otasi João Tomás da Fonseca bilan amalga oshirgan, uning otasi rassom va haykaltarosh boʻlgan[1]. Keyinchalik u Joaquim Manuel da Rocha (1727-1786) tomonidan asos solingan „Aula de Desenho e de Figura e História“ da ishlagan.

António Manuel da Fonsecaning birinchi taniqli ishi — qirol João VI va Carlota Joaquina tasvirlangan partret boʻlib, bu rasm 1820-yilda „Palacio das Laranjeiras“ da Farroboning birinchi grafi Joaquim Pedro Quintela va uning rafiqasi iltimosiga koʻra chizilgan. Ikki yil oʻtgach, António Manuel da Fonseca Kvintela saroyida katta seriyali freskalar yaratdi[2]; asosan Rim-Sabin urushlari sahnalari, Rim va uning atrofini aks ettiruvchi landshaftlar va yunon mifologiyasidan turli mavzulari asosida chizilgan bu freskalar uning mashxurligiga sabab boʻldi. 1878-yilda, 80 yoshga kirganida, António Manuel da Fonseca oʻz freskalarida qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Kvintela saroyiga qaytib keldi.

1825-yilda u Teatro Nacional de San-Carlos uchun pardalar suratini chizgan, keyin esa qirol Pedro IV portretini ishlagan. Qirol va graf Quintela tomonidan moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlanilgani sababli, Rimga borishga muvaffaq boʻldi. U yerda eski ustalar[1] ishlagan sanʼat asarlarining nusxalarini yaratdi va Vincenzo Camuccini va Andrea Pozzi bilan badiiy mashgʻulotlarni amalga oshirdi[2]. U London va Parijda ham bir qancha vaqt oʻtkazdi va 1836-yilda Portugaliyaga qaytib kelgach, „Academia de Belas-Artes“ (hozirgi Lissabon universitetining bir qismi) ning tarix boʻyicha professori etib tayinlandi[3].

1838-yilda António Manuel da Fonseca Almeida Garrett[2] tomonidan sahnalashtirilgan spektakl uchun liboslar loyihalashtirdi va Giacomo Meyerbeerning Robert le diable operasi uchun sahna dizaynlarini yaratdi. Litograf Maurisio Jose Sendim (1786-1870) bilan birgalikda u Antonio Feliciano de Castilhoning Quadros históricos sahna asari uchun rasmlar chizdi.

U 1880-yilda Portodagi „Palasio de Cristal“dagi yirik koʻrgazmada ishtiroj etib, oʻzining nihoyalangan asarlarini keng ommaga namoyish etdi. António Manuel da Fonseca, shuningdek, boʻlajak qirol Carlos va uning ukasi Afonso uchun chizmachilik ustasi sifatida xizmat qilgan. Uning koʻplab unvonlari qatoriga Masih ordeni, ritsarlik unvoni va Vila Viçosaning begʻubor kontseptsiyasi ordeni[3] kiradi, shuningdek, Institut de France ning muxbir aʼzosi ham edi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Brief biography @ the Chiado Museum website.
  2. 2,0 2,1 2,2 Brief biography from the notes to Obras, precedidas de um ensaio biographico, augmentadas com algumas composições ineditas do poeta pelo visconde de Juromenha @ Google Books.
  3. 3,0 3,1 Biographical notes from the Diccionario bibliographico portuguez @ Google Books.

Adabiyotlar tahrir

  • Paulo Karatao Soromenyo, Antonio Manuel da Fonseka, Ramos, Afonso va Moita, 1967 yil