Antimetabolitlar (anti… va yun. metabole — oʻzgarish) — tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻladigan oraliq bi-rikmalarning oʻzlashtirilishini izdan chiqaradigan moddalar. Organizmga yot moddalardan hisoblanadi. A. kimyoviy xossalari va tuzilishi bilan hayot uchun zarur moddalar (metabolitlar)ga yaqin turadi. Shuning uchun A. metabolitlarning parchalanishi yoki sintezida ishti-rok etadigan fermentlar bilan reaksiyaga kirishib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Natijada fermentlar faoliyati toʻxtab, biokimyoviy jarayonlar buziladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil