Auksospora
Auksospora (yunoncha aixo – oʻstiraman va spora) – Diatom suv oʻtlarida qalqonsiz ikki vegetativ hujayraning oʻzaro qoʻshilishidan hosil boʻladigan diploid hujayra – spora. Auksospora zigotaning bir koʻrinishi; reduksion boʻlinadi va hosil boʻlgan gaploid hujayralar yangi qalqon paydo boʻlguncha toʻxtovsiz oʻsa beradi[1].
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |