Bila Voda (nemischa: Weißwasser, polyakcha: Biała Woda) — Chexiyaning Olomuc viloyati Jesenik tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitetda (01.01.2023) yil holatiga koʻra 300 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Bílá Voda
Munitsipalitet
Skyline of Bílá Voda
Bílá Voda
Bayroq
Bílá Voda
Gerb
50°26′32″N 16°54′55″E / 50.44222°N 16.91528°E / 50.44222; 16.91528 G OKoordinatalari: 50°26′32″N 16°54′55″E / 50.44222°N 16.91528°E / 50.44222; 16.91528 G O
Mamlakat Chexiya
Viloyat Olomouc
Tuman Jeseník
Asos solingan 1532
Maydon 14.99 km2 (5.79 mi²)
Markazi balandligi 305 m
Aholisi
 (2023-01-01)
337
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 790 69
Bílá Voda xaritada
Bílá Voda
Bílá Voda

Etimologiyasi tahrir

Bila Voda nomining kelib chiqishi qishloqdan oqib oʻtuvchi daryo sharafiga nomlangan. Bu nom tom maʼnoda „oq suv“ degan maʼnoni anglatadi.

Joylashuvi tahrir

Bílá Voda — Chexiya Silesianing gʻarbiy nuqtasida, Polsha bilan chegarada joylashgan. Munitsipalitet Jesenikdan taxminan 31 kilometr (19 mi) shimoli-gʻarbda, Olomoucdan 98 km (61 mi) shimolda va Pragadan 182 km (113 mi) sharqda joylashgan.

Bila Voda — Sharqiy Neissa daryosining irmogʻi boʻlgan Bila Voda daryo vodiysi, Easterern Sudetes va Golden Mountains tog'lar tizmasining shimoliy qismida joylashgan. Munitsipalitetning eng baland nuqtasi dengiz sathidan — 768 metr (2,520 ft) balandlikda joylashgan. Munitsipalitet hududining uchdan ikki qismi oʻrmonlar bilan qoplangan.

Tarixi tahrir

 
Bílá Voda Chateau, bugungi kunda psixiatriya shifoxonasi

Bu hududda 1267 - 1271-yillarda Wyssoka nomli qishloq tashkil etilgan, ammo keyinchalik qishloq tashlab ketilgan. Bila Voda qishlogʻi 1532-yilda Schaffgotschlar oilasi tomonidan tashkil etiladi lekin Oʻttiz yillik urush paytida Bila Voda qishlogʻi vayron boʻladi va 1687-yilda Kłodzko shahridagi Liechtenstein oilasiga meros boʻlib oʻtgan[1].

Jakob Ernst von Liechtenstein-Kastelkorn, keyinchalik Olomouc shahar rahbari yordamchilari tomonidan bu yerda 1723-yilda Piarist kolleji tashkil etiladi. Avstriya vorislik urushi natijasida 1742-yilda Silesianing katta qismi Habsburg monarxiyasidan ajralib chiqadi va Bila Voda Sileziyaning boʻlinishi toʻgʻrisidagi protokol imzolangan boʻlsa-da, lekin u Avstriya Silesia tarkibidagi Bohemiya qirolligining chegara qishlogʻiga aylanadi. Munitsipalitetning deyarli barcha tomoni davlat chegaralari bilan oʻralgan. Piaristlar kolleji 1829-yilda tugatilgan[2].

1850-yilda Bíla Voda munitsipaliteti toʻgʻridan-toʻgʻri Bohemiya qirolligiga qoʻshiladi va Birinchi jahon urushidan keyin u yangi tashkil etilgan Chexoslovakiya davlatining bir qismiga aylanadi.

1938-yilda Chexoslovakiyaga qarshi urush boshlanadi va Myunxen kelishuvi buziladi. Bu hudud Germaniya fashistlari tomonidan bosib olinib, Reichsgau Sudetenland hududiga qoʻshiladi. Ikkinchi jahon urushi paytida nemislar ittifoqchi asirlar uchun Stalag VIII-B/344 harbiy asirlar lagerining E200 majburiy mehnat sublageri va qishloqdagi yahudiy ayollar uchun moʻljallangan Gross-Rosen lagerini boshqargan[3]. 1945-yilda Germaniya urushda magʻlubiyatga uchragach, qishloq Chexoslovakiyaga qaytariladi[4]. 1945-yildan keyin Nemis aholisi Beneš farmonlari va Potsdam kelishuviga binoan qishloqdan quvib chiqariladi.

Uzoqda joylashganligi sababli, urushdan keyin Bílá Vodani qayta tiklash qiyin kechadi. 1951-yildan, 1989-yilgacha munitsipalitet butun mamlakat boʻylab rohibalarni interniratsiya uchun ishlatgan. Asta-sekin, Yevropadagi eng yirik cherkov hamjamiyati shu yerga yigʻilib, bir vaqtning oʻzida 450 rohibani toʻplagan; Vaqt oʻtishi bilan 1000 ga yaqin rohibalar yashay boshlagan. 1989-yildan keyin rohibalarning bu yerni asta-sekin tark etishi Bílá Voda aholisining yanada kamayishiga sabab boʻlgan[5].

Demografiyasi tahrir

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
18691 475—    
18801 470−0.3%
18901 330−9.5%
19001 277−4.0%
19101 166−8.7%
19211 182+1.4%
19301 104−6.6%
1950465−57.9%
1961673+44.7%
1970539−19.9%
1980588+9.1%
1991546−7.1%
2001316−42.1%
2011460+45.6%
2021370−19.6%

Transporti tahrir

Chexiya va Polsha chegara oʻtish yoʻli Bílá Voda / Zloty Stok munitsipalitetda joylashgan.

Diqqatga sazovor joylari tahrir

Munitsipalitetning eng muhim tarixiy yodgorliklari Piarist kolleji va Bibi maryam tashrif buyurgan cherkov. Cherkov dastlab 1602 - 1604-yillarda qurilgan va 1777-yilda barokko uslubida qayta tamirlangan[5].

XVIII asrda Jakob Ernst fon Liechtenstein Kastelkorn tomonidan qurib bitkazilgan. Ritsarning qarorgohi bugungi kunda ruhiy kasalliklar shifoxonasi hisoblanadi[6].

Manbalar tahrir

  1. „Obec“. Bílá Voda. Qaraldi: 22-aprel 2024-yil.
  2. „Obec“ (cs). Obec Bílá Voda. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  3. „Subcamps of KL Gross- Rosen“. Gross-Rosen Museum in Rogoźnica. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
  4. „Working Parties“. Lamsdorf.com. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „Pamětihodnosti obce a blízké okolí“ (cs). Obec Bílá Voda. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  6. „Pamětihodnosti obce a blízké okolí“ (cs). Obec Bílá Voda. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.

Havolalar tahrir