Barrai koʻhna karvonsaroyiOʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazidan yoʻqotilgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1], lekin 2019—2020-yillarda yoʻq qilib yuborilgan[2].

Barrai koʻhna karvonsaroyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Madaniy meros yodgorligi
Turi Karvonsaroy
Joylashuvi Buxoro viloyati
Manzili Arabon koʻchasi
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVIII asr oxiri / XIX asr boshlari
Qurilishi tugagan XVIII asr oxiri / XIX asr boshlari
Map
Barrai koʻhna karvonsaroyining oʻrni xaritada

1920-yilgi Buxoro inqilobiga qadar unda qorakoʻl terisi ulgurji savdosi bilan shugʻullanilgan. Keyinchalik binoda yotoqxona, shaharning moliya boʻlimi, 1-sonli shahar poliklinikasi joylashgan. 2019—2020-yillarda karvonsaroy yoʻqotilib, oʻrnida shaxsiy mehmonxona qurila boshlangan[2].

Manbalar tahrir