Bayonqulixon maqbarasi — Buxoroda qurilgan Oʻrta Osiyo meʼmorchiligining noyob namunasi (14-asr oʻrtasi). Maqbara 1358-yilda Buxorodagi shayxul olam Sayfiddin Boharziy maqbarasi yaqinida Chigʻatoy ulusi xoni Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan. Maqbara binosi moʻjaz va serhasham. Ayniqsa peshtoqi mayda va nafis naqshga, sirkor bezaklarga boy. Ichkarisi gumbazli, sirkor bezakli ziyoratxona va kichik goʻrxonadan iborat. Ular lojuvard, feruza, oq rangli, islimiy va girih naqshli oʻymakor sopol parchinlari bilan ishlangan. Oʻrta Osiyo maqbaralaridagi mana shunday rangdor manzarali bezak uslubi Shohizinda ansambli (Samarqand)da yanada rivoj topgan. Bayonqulixon maqbarasi Amir Temur davri meʼmorligining ilk namunalaridan hisoblanadi.

Bayonqulixon maqbarasi

Bayonqulixon maqbarasi (2020-yil)
Umumiy maʼlumot
Turi maqbara
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1358-yil
Map
Bayonqulixon maqbarasi xaritada
Bayonqulixon maqbarasi Vikiomborda

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil