Bazofiliya (bazis va yun. phileo-muhabbat, sevish) — 1) hujayra strukturasining ishqoriy boʻeqlar (mas, gematoksilin, azur, safranin va boshqalar) bilan boʻyalish xossasi. B. odatda hujayra sitoplazmasidagi komponentlar, asosan ribonuklein kislota (RNK) ning kislotalik xususiyatlariga bogʻliq boʻlib, kam differensiallangan, tez oʻsayotgan va zoʻr berib oqsil sintez qilayotgan hujayralarga (ayniqsa oʻsma hujayralariga) xosdir; 2) periferik qonda bazofillar sonining koʻpayib ketishi shaklidagi leykotsitoz.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil