Beldorsoy — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy, Oqsoqotasoyning oʻng irmogʻi. Katta Chimyon togʻining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 23 km, havzasining maydoni 77 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 1 m/sek chamasida. Beldorsoy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; bahorda toʻlib oqadi, baʼzan sel keladi. Beldorsoyning 24 ta mayda irmogʻi bor. Beldorsoy havzasida togʻchangʻi sporti oʻyinlari oʻtkaziladi. Xalqaro talablarga javob beradigan maxsus inshootlar qurilgan.

Beldorsoy
Beldorsoy (yuqori qismida, iyunda)
Beldorsoy (yuqori qismida, iyunda)
Tavsif
Uzunligi 23
Davlat Oʻzbekiston
Beldorsoy

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil