Bozurgoniy (fors. bozorchi) -oʻzbek mumtoz ashulasi. "Bozirgon" dostoni qahramoni nomiga nisbat berilgan degan taxmin mavjud. Xorazm dostonlaridagi "Naylarman II" qoʻshigʻi ohanglari asosida Hoji Abdulaziz Abdurasulov tomonidan bastalangan. Shashmaqomdagn Dugoh maqomi yoʻllariga ohangdosh. 3/4 ufor oʻlchovidagi taronalar usulida ijro etiladi. Yu. Rajabiy va G. Mushslning "Muqanna" (h. Olimjon), "Farhod va Shirin" (K. Yashin) musiqali dramalaridagi yirik ariyalar, S. Jalilning "Samarqandnoma" simfoniyasi (Zqismi)da B. kuyi ishlatilgan. Hozirgi kunda turli cholgʻu (hatto estrada) ansamblari talqinida ham maʼlum.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil