Brenner — Etstal va Sillertal Alp togʻlari (Sharqiy Alp togʻlari) oʻrtasidagi togʻ dovoni, Avstriya bilan Italiya chegarasida. Balandligi 1371 m. B. orqali Inn daryosi vodiysidan Adije daryosi vodiysiga oʻtiladigan 27 tunnelli Insbruk — Bolsano temir yoʻl (1867) va avtomobil yoʻli qurilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil