Brom
| Brom (Br) | |
|---|---|
| Atom raqami | 35 |
| Koʻrinishi | Qoʻlansa hidli qizgʻish-qoʻngʻir suyuqlik |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
79,904 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | n/a pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
1142,0 (11,84) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Ar] 3d10 4s2 4p5 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 114 pm |
| Ion radiusi | (+5e)47 (-1e)196 pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
2,96 |
| Elektrod potensiali | 0 |
| Oksidlanish darajasi | 7, 5, 3, 1, -1 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 3,12 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | (Br—Br) 0,473 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0,005 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 265,9 K |
| Erish issiqligi | (Br—Br) 10,57 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 331,9 K |
| Qaynash issiqligi | (Br—Br) 29,56 kJ/mol |
| Molar hajm | 23,5 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | ortorombik |
| Panjara davri | 6.670 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debye harorati | n/a K |
Brom (lot. Bromum, yun. bromos), Br — Mendeleev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib rakami 35, at. m. 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizgʻishqoʻngʻir suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi — 7,25°, qaynash t-rasi 59,2°. Fransuz kimyogari A. J. Balar 1826 y.da Oʻrta dengiz tuz konlarining shoʻr suvini oʻrganayotganda B.ni kashf etgan. Tabiiy B. ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. B.ning sunʼiy yoʻl bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. I. V. Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer poʻstidagi miqdori (ogʻ. boʻyicha 1,610"%) 10151016 t atrofida boʻlib, doimo xlor bilan birga uchraydi. B.li tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), shoʻr koʻllarda (0,2% gacha) boʻladi. Suyuq B.ning zichligi 3,10 g/sm3 (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. B. qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida boʻladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boshlaydi. Dissotsiatsiya yorugʻlik taʼsirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan B. faol boʻlib, reaksiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod oʻrtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda koʻp issiqlik ajraladi, goho alanga hosil boʻladi. B. kaliy va alyuminiy bilan tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaksiyaga kirishmaydi. B. kuchli oksidlovchi. B. suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror boʻlgan gipobromit kislota (NVgO) hosil boʻladi. B.ning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi.
B. dengiz suvlari, koʻlmak va yer osti shoʻr suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m3 havoda 1 mg B. boʻlsa, kishi yoʻtalib, burni qonaydi, boshi ogʻriydi va b. kasalliklarga duchor boʻladi. Konsentratsiya yuqori boʻlsa, kishi boʻgʻilib qoladi, bronxlari yalligʻlanadi, baʼzan oʻlimga olib boradi. B. bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida koʻllaniladi. B. birikmalari fotografiyada, boʻyoqlar sanoatida, insektitsidlar olishda, oʻt oʻchirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi. [1]
Brom - unsurlar davriy jadvalining 35 unsuri, galogen.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||
Manbalar
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Boshqa tilda oʻqish
Choose oʻzbekcha variant
This page is available in 108 languages
- Afrikaans
- አማርኛ
- Aragonés
- العربية
- Azərbaycanca
- Беларуская
- Беларуская (тарашкевіца)
- Български
- বাংলা
- Brezhoneg
- Bosanski
- Català
- Cebuano
- کوردی
- Corsu
- Česky
- Чӑвашла
- Cymraeg
- Dansk
- Deutsch
- Ελληνικά
- English
- Esperanto
- Español
- Eesti
- Euskara
- فارسی
- Suomi
- Français
- Nordfriisk
- Furlan
- Gaeilge
- Galego
- ગુજરાતી
- Gaelg
- Hak-kâ-fa
- עברית
- हिन्दी
- Fiji Hindi
- Hrvatski
- Kreyòl ayisyen
- Magyar
- Հայերեն
- Interlingua
- Bahasa Indonesia
- Ido
- Íslenska
- Italiano
- 日本語
- Lojban
- Basa Jawa
- ქართული
- Қазақша
- ಕನ್ನಡ
- 한국어
- Коми
- Latina
- Lëtzebuergesch
- Ligure
- Lietuvių
- Latviešu
- Māori
- Македонски
- മലയാളം
- मराठी
- Кырык мары
- Bahasa Melayu
- မြန်မာဘာသာ
- Plattdüütsch
- Nederlands
- Norsk nynorsk
- Norsk bokmål
- Occitan
- ଓଡ଼ିଆ
- ਪੰਜਾਬੀ
- Polski
- پنجابی
- Português
- Runa Simi
- Română
- Русский
- Srpskohrvatski / српскохрватски
- Simple English
- Slovenčina
- Slovenščina
- Shqip
- Српски / srpski
- Seeltersk
- Svenska
- Kiswahili
- தமிழ்
- తెలుగు
- Тоҷикӣ
- ไทย
- Tagalog
- Türkçe
- Татарча/tatarça
- ئۇيغۇرچە / Uyghurche
- Українська
- Vepsän kel’
- Tiếng Việt
- Winaray
- Хальмг
- ייִדיש
- Yorùbá
- 中文
- Bân-lâm-gú
- 粵語