Bugʻo
Bugʻo, Bagʻuy (13-asr)— Ustyug shahri (Rus davlati)dagi moʻgʻullar yasoqchisi (soliq toʻplovchi). Xristian diniga kirib Ioann ismini olgan. Oʻzining xayrli ishlari bilan xalqning izzathurmatini qozongan. Ustyug shahrida cherkov, monastir qurdirgan. Cherkov qoʻlyozmalari Ioann (Bugʻo)ni "hazrat" deb hisoblaydilar.[1]
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |