Burhoniddin xoja ibn Ahmad xoja

Burhoniddin xoja ibn Ahmad xoja (Oyxoja laqabi bilan mashhur) (?— 1759.15.10) — Sharqiy Turkistondagi Yorkent xonligi hokimi. Ofoqxoja avlodidan. B. x. Xitoydagi Manjur imperiyasi yordamida Yorkent xonligini qoʻlga olib (1755), mustaqil siyosat yurgizishga harakat qiladi. Lekin bunga qarshi manjurlar katta qoʻshin yuborib, ikki yil davom etgan urushlardan soʻng Qashqar, Yorkent va Xoʻtan sh.larini egallashgan. B. x. Badaxshon hokimi Sulton shohhimoyasiga qochgan, biroq Sulton shoh manjurlar tazyiqi ostida uni oʻddirishga majbur boʻladi. Oʻgʻli va xotini Bejin (Pekin)ga olib ketiladi. B. x.ning Sayid Muhammad xoja (Sarimsoqxoja) ismli yolgʻiz oʻgʻli Oʻrta Osiyoda manjurlar taʼqibidan jon saqlab qoladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil