Darband — Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga qarashli qishloq. Qishloq aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Darbandda uchta dara boʻlib, ular Darband darasi, Darband koneni, uchinchisi esa Buzrukdara, yaʼni buyuk dara deb ataladi.

Darband
qishloq
38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000 G OKoordinatalari: 38°12′0″N 67°12′0″E / 38.20000°N 67.20000°E / 38.20000; 67.20000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Boysun tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 75
Darband xaritada
Darband
Darband

Etimologiyasi tahrir

Darband so‘zi forschadan olingan boʻlib, „dar“ — „eshik“, „dara“; „band“ — „mustahkam“, „berk“, „to‘siq“ degan maʼnolarni anglatadi. Qishloq bir necha yuz yillik tarixga ega boʻlib, eskidan tranzit vazifasini bajargan. Qishloq orqali o‘tgan yo‘l Buxoro amirligi davrida amirlikning g‘arbiy qismini sharqiy qismi bilan bog‘lovchi eng yaqin yo‘l hisoblangan. 1929-yilda Termizga temiryo‘l yotqizilganidan so‘ng qishloq hududidan o‘tgan yo‘l o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Lekin hozirgi kunga qadar ham ushbu yo‘l Qashqadaryo va Surxondaryoni bog‘lovchi yo‘llardan biri[1].

Manbalar tahrir