Dastmoya

mayda savdo muomalasida amal qiluvchi aylanma mablagʻ

Dastmoya — mayda savdo muomalasida amal qiluvchi aylanma mablagʻ; savdo-sotiq ishlarida aylantirib turiladigan, foyda keltiradigan dastlabki asosiy mablagʻ. Ilgari kosiblar qoʻlidagi aylanma mablagʻ (xom ashyo, materiallar olish uchun ishlatiluvchi mablagʻ) ham D. deyilgan. Tovar-pul munosabati kengayib, ayrim kosib va mayda savdogarlar boyib ketsa, ular qoʻlidagi D. yirik mablagʻ — kapital (sarmoya)ga aylanadi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil