Davqur

zardoʻzlikda keng tarqalgan naqsh mujassamoti

Davqur — zardoʻzlikda keng tarqalgan naqsh mujassamoti, hoshiya naqsh. Kiyim (yoqasi, yeng uchlari va b.) cheti hoshiya naqsh bilan aylantirib tikilib, qolgan joylari ochiq qoldiriladi. Kiyimning orqa yelka qismiga turunj shaklida bezak kashta ("tavq") tikiladi. Hoshiya — naqsh turli kenglikda (keng, hashamdor yoki ingichka) boʻlib, oʻsimliksimon ("shash barg", "bargi xazon", "bodom", "qoʻsh bodom" va b.) va handasiy (yulduz, aylana, koshin va b.) shakllardan tuziladi. Baxmaldan quroq qilinadi, toshlar qadaladi. D. da turli bezak choklardan foydalanilib, buyumning badiiy qimmati oshiriladi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil