Dendrit — nerv hujayralari (neyron)ning tarmoklangan sezuvchi oʻsimtalari; boshqa neyronlar, retseptor hujayralar yoki bevosita tashqi qoʻzgʻatuvchilardan signallar qabul qiladi. Nerv impulslarini hujayra tanasiga oʻtkazib beradi. Nerv hujayrasida bir yoki bir nechta Dendrit boʻlishi mumkin. Baʼzi hujayralarda Dendrit kalta va sershox, boshqalarida uzun hamda kamshox boʻladi (yana q. Akson).

1 - Dendrit, 2 - Hujayra yadrosi, 3 - Akson, 6 - Sinaps

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil