Detsis — piretroidlar guruhiga man-sub boʻlgan insektitsid. D. tarkibida 1 litrida 25 g taʼsir etuvchi dekametrin moddaga ega emulsiyalanuvchi konsentrat shaklida ishlab chiqariladi. D. Oʻzbekistonda ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish maqsadida gektariga 0,3—0,7 l (5—15 g/ga taʼsir etuvchi modda hisobida) sarflanadi. Bundan tashqari yaylovlarni chigirtkalardan himoya qilishda ham ishlatiladi (0,3—0,5 l/ga). Bogʻlarda D.ni ishlatishda oʻrgimchakkana koʻpayib ketmasligi uchun koʻpincha birorta akaritsid qoʻshiladi. Shu maqsadda tarkibiga omayt qoʻshilgan akaridetsis (1,25—1,5 l/ga) yaratilgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil