Dolgan tiliturkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub tillardan biri. RFda Taymir (Dolgan-Nenets) muxtor okrugida, shuningdek, Saxa Respublikasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5 ming kishidan ortiqroq (1990-yillar oʻrtalari). Dolgan tili aloqida rivojlanishi va evenk tilittg taʼsiri ostida qayta qurilishi jarayonida mustaqil til sifatida saxa tilitn ajralib chiqqan. Oʻz navbatida noril, pyasin, avam, xatang va popigay shevalaridan tashkil topgan. Bir qancha fonetik, morfologik jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan, xususan, saxa tilidan farq qiladi.

Dolgan tili
Milliy nomi Дулҕан
Mamlakatlar Rossiya[1]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1054[2]
Alifbosi Kirill alifbosi
Til kodlari
ISO 639-3 dlg[3]

Dolgan maktablariga moslashtirilgan alifbe 1933-yilda saxa tilida nashr etilgan. 1973-yilla Dolgan tilidagi birinchi kitob — Ogdo Aksyonovaning sheʼrny goʻplami, 1984-yilda esa Dolgan tili alifbesi nashr qilinadi. Baʼzi olimlar (mas, N.A.Baskakov) Dolgan tilini saxa tilining bir lahjasi deb hiyeoblaydilar.[4]

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. "Dolgan tili" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot tahrir

  • Baskakov N., Vveleniye p izucheniye tyurkskix yazshkov. 2 izd., M. 1969.