Dono Boboxonova
Dono (Danisiya) Dayanovna Boboxonova (1946-yil 20-noyabr, Uygʻur tumani, Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR) – oʻzbek va sovet teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1996). Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrining yetakchi aktyorlaridan biri.
Dono Boboxonova | |
---|---|
Danisiya Dayanovna Boboxonova | |
Tavalludi |
20-noyabr 1946-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 1968-yildan |
Mukofotlari |
Biografiyasi tahrir
Danisiya Dayanovna Boboxonova 1946-yil 20-noyabrda Qozogʻiston SSRda tugʻilgan[2]. 1970-yil A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr-rassomlik institutining (hozirda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti) musiqali teatr aktyorligi boʻlimini tamomlagan. Aktyorlik faoliyatini 1968-yilda „Yosh gvardiya“ teatrida (hozirda Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrida) boshlagan[3]. 1996-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4].
Manbalar tahrir
- ↑ „Қозоғистонда туғилган ўзбек санъати вакиллари (+фото)“. hordiq.uz (2024-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
- ↑ „Доно Бобохонова (Данисия Даяновна Бабаханова)га табрик!“. Muzaffar.uz. Qaraldi: 27-dekabr 2023-yil.
- ↑ „Дана Бабаханова“ (ru). Kino-teatr.ru. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.08.1996 yildagi PF-1546-son“. Lex.uz (1996-yil 16-avgust). Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |