Dorothy Hodgkin (1910.12.5, Qohira — 1994.29.7, Ilmington) — ingliz kimyogari va biokimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1947). Rossiya Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1991). Murakkab fiziologik faol birikmalarning tuzilishini rentgenostrukturaviy tahdil qilgan. Asarlari sterinlar, peptidlar, kofermentlar va boshqalarga bagʻishlangan. Penitsillin (1946), vitamin V|2 (1956) tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1964).[1]

Dorothy Hodgkin

Manbalar tahrir

  1. "KROUFUT-XOJKIN (Crowfoot Hodgkin) Doroti" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil