Fan va turmush — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-maʼrifiy, ommabop jurnali. Toshkent shahrida 1 yilda 6-marta nashr qilinadi. Dastlab „Sotsialistik ilm va texnika“ (1933—1935), „Sotsialistik fan va turmush“ (1939—1941) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar tufayli 1941-yil iyulidan 1957-yil fevralgacha nashr etilmagan. 1957-yildan hozirgi nomda. Jur.ning qayta tiklanishida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad.lari H. Abdullayev, T. QoriNiyoziy, jurnalist A. Yoqubovning xizmati katta. Jur.ga taniqli olimlar Otajon Hoshim (193337), T. QoriNiyoziy (1937, 194041, 195870), I. Islomov (193839), I. Muminov (1957), M. Urozboyev (1970—1971), M. Homidxonov (1972), Yo. Toʻraqulov (197488), K. Zufarov (1988—1992), M. Sharifxoʻjayev (1992—2001)lar muharrirlik qilishgan.

Fan va Turmush
Sohasi Ilmiy-ommabop
Davriyligi Ikki oyda bir marta
Nomining qisqartmasi FvaT
Tili Oʻzbekcha, Ruscha
Tahririyat manzili 700047, Toshkent, Akademik Yahyo Gʻulomov koʻch., 70
Bosh muharrir Behzod Yoʻldoshev
Muassislar OʻzFa
Nashriyot (mamlakat) Ruta Print (Oʻzbekiston)
Nashr tarixi 1937 yildan
Hajmi 7.5 bosma taboq
Adadi 4200 nusxa

Veb-sayti: www.fvat.uz

Oʻtgan davrlarda jurnal sahifalarida ilmfanning barcha sohalari, ularning ayrim tarmoklari rivoji, jahondagi turli elelatlar haqida muntazam ravishda makrlalar chop etildi. Uzbekistonda fantast yozuvchilarning shakllanishida jurnal muharririyati huzuridagi „Fantast yozuvchilar maktabi“ning xissasi katta boʻldi (H. Shayxov, M. Mahmudov, S. Abdullayeva, Gʻ. Jahongirov, X. Dustmuhamedov, O. Muminov, R. Obidov va boshqalar).

Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida jurnal mamlakat xalqi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy gʻoya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga hamda fanning sunggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga, xalqimizni yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli etish yoʻlida jahon kashfiyotlarini, oʻzbek olimlarining xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi natijalarini keng targʻib qilishga, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyati xamda ilmiy merosidan xalqimizning bahramand boʻlishiga alohida eʼtibor berib kelmoqda.

2003-yildan jur.da maqolalar oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Muharriri Shuhrat Egamberdiyev (2002-yildan).

Havolalar tahrir