Fillar (Elephants) — xartumlilar turkumi oilasi. Baʼzi sistematiklar fikricha, kenja oilasi. 2 urugʻi: Afrika F.i (2 tur) va Osiyo F.i (1 tur) bor. F., asosan, Osiyo va Afrikaning oʻrmon hamda savannalarida tarqalgan. Boʻyi 4—4,5 m gacha, ogʻirligi 5—7,5 t gacha. Terisi kalta va siyrak tukli. Oyoklari yoʻgon, baquvvat. Barmoqlari (oldingi oyoklarida 5 ta, orqadagisida 4 yoki 5 ta) tuyoqqa oʻxshash shoxeimon tuzilma bilan qoplangan. Oyoq kaftining tagida yumshoq massa boʻlib, filning tovusheiz harakatlanishini taʼminlaydi. Bir kunda 100 km cha yoʻl yurishi mumkin. Jagʻining ustki va pastki qismida 1 tadan oziq tishi bor, ular vaqtvaqti bilan yeyilib tulik shoxshabbalari, bargi, mevasi, kurtaklari va boshqa (bir kunda 100 kg cha) bilan oziqdanadi. 70—80 yil yashaydi. Eng qadimgi F. qoldigʻi yuqori pliotsen davri yotqiziqlaridan topilgan. Goʻshti ovqatga ishlatiladi. Fil suyagi, dumidagi qattiq qili va terisidan turli buyumlar yasaladi. Hind fili xonakilashtirilgan, ishchi hayvon sifatida foydalaniladi. Koʻplab ovlanishi va yashash muhitining buzilishi natijasida F.ning soni kamayib ketgan. Barcha turlari muhofaza qilinadi.

Fillar