Hozirgi kunda rapperlar orasida mashhurlikka erishayotgan va ijoddan to'xtamayotgan Konsta (asl ismi sharifi - Sharifjon Abdullayev Shokirovich) 1992-yil Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tavallud topgan.Oilada ota-onasi va 4 nafar farzand bo'lib,eng kenjasi Konsta hisoblanadi.

Hayoti va ijodi tahrir

U 1999-yilda Quvonch bog'cha maktab majmuasiga qabul qilindi, 9 yildan so'ng(2008-yil) u yerni tamomladi. Keyinchalik,o'qishni Toshkent Bank Hisob Kollejida davom ettirishga qaror qildi.U o'z ijodini  2011-2012-yillarda ommaga taqdim etishiga qaramay,rapga qiziqishi 2009-yilda boshlangan.Rapga bo'lgan uchqun porlashi kollej yotoqxonasida yurgan kezlari ,yaqin do'stiga("Shady Man") 1 band o'qib berishidan boshlangan desak adashmagan bo'lamiz.O'qishni tamomlagach,u Gulistonga qaytadi va mahalladoshi Tohir Production taxallusi ostida ijod qilayotganidan xabar topadi. U bilan fikr almashib,ijodga jiddiy yondasha boshlaydi.2011-yil oxiriga kelib,ular birgalikda birinchi yaroqli qo'shiq paydo bo'ladi.2012-yil oilaviy muammolar tufayli Moskvaga jo'nab ketadi. Turli hissiyotlar aralashib,yolg'izlik uni ijodga qaytishigan asos bo'ladi.Uzoq o'ylanishlar va izlanishlardan so'ng,2012-yil bahorda Konstaning birinchi treklari tarmoqda paydo bo'ladi.Bundan so'ng, ijodning zinapoyasidan yuqorilab boradi. Shu sababli,2022-yil "Yil rapperi" bo'lishi uni yana ham mashhurlikka yetakladi.Hozirgi kunda 100dan ortiq qo'shiqlar egasi. Konsta ko'plab musobaqalarda(rap battle)

ishtirok etgan va hakamlik darajasigacha yetib chiqqan.

Studiyaviy albumlari tahrir

"Alhimik"(2020)
"Biz yo'q joyda"(2021)
"Inson"(2022)
"Sengacha"(2023)

Musiqalari tahrir

"Alohida"(2020)
"Yo'ldagi hayot"(2023)
"Odamlar nima deydi?"(2022)
"U haqida"(2023)
"Poyga"(2022)
"Yolg'izlik"(2022)
"Utopia"(2019)
"O'zbekistonlik"(2023)
"O'zbegim"(2021)

Mukofotlari tahrir

"Yil Rapperi"(2022)