Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Anjaniy!
Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi?
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

HusniddinRasulov(munozara) 17:07, 25-Fevral 2023 (UTC)Javob berish

Rahmat. Anjaniy (munozara) 09:59, 3-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Maqola mavzusi tahrir

Salom, Vikipediya Konstitutsiya moddalarini yozadigan joy emas. Agar qiziqsangiz shaxsiy blog yuritishni maslahat beraman Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:02, 9-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Ok, rahmat! Anjaniy (munozara) 14:11, 9-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Ogohlantirish tahrir

Salom, Vikipediyaga hissa qo‘shayotganingiz uchun tashakkur. Ammo siz maqolalar manbasida ularning sarlavhasini ham tarjima qilgansiz. Bu esa joriy qoidalarga ziddir. Agar manba bo‘yicha qidirishga to‘g‘ri kelsa, siz bergan sarlavhada maqola topilmasligi turgan gap. Yaratgan maqolalaringizdagi ushbu xatoliklarni to‘g‘rilashingiz, yangi tarjimalar hamda maqola yaratish jarayonida shu kabi xatoliklardan saqlanishingiz kerak. Shu tarzda davom etsangiz, tartibga ko‘ra bloklanasiz. Kamol Azzam (munozara) 12:04, 17-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Aha tushunarli. Qaytarilmaydi. Ogohlantirish uchun rahmat. Anjaniy (munozara) 06:07, 24-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Amerikalik film tahrir

Amerikalik film emas, Amerika filmi yoki AQSh filmi bo'lishi kerak. vikichizar💬 05:04, 30-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Rahmat. Tushunarli. Anjaniy (munozara) 05:14, 30-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Oxirgi ogohlantirish tahrir

Maqolani xato nomlashda va avtomat tarjimalarni tuzatmaslikda davom etyapsiz. Bu holat yana takrorlansa, bloklanasiz. Umarjon Rahimov (munozara) 14:05, 16-Aprel 2023 (UTC).Javob berish

Rahmat. Tushunarli. Anjaniy (munozara) 17:29, 16-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

Soʻrovnomada qatnashing! tahrir

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 18:10, 9-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Gulnora Karimova tahrir

Salom. Bu maqolada plagiat juda yuqori. Kamaytirishga urinib ko'ring. Salazarov 20:02, 12-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Okinalar tahrir

Assalomu alaykum, Anjaniy. Sahifa yaratayotganda yoki tahrirlayotganda modifier letter turned comma (‘) ni emas, left single quotation mark (ʻ) ni ishlating. Bu haqda batafsil Vikipediya:Imlo va grammatika#Oʻ va Gʻ harflari hamda tutuq belgisi sahifasidan tanishib chiqishingiz mumkin.
Siz yaratgan Turkum:O‘zbek so‘fiylari turkumini Turkum:Oʻzbek soʻfiylari ga koʻchirib qoʻydim. Muzaffar Murodovichmunozara 06:52, 1-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Tushunarli. Hoʻp, rahmat. ANJANIY!!#suhbat 11:49, 1-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Validai Abdulazizxon madrasasi tahrir

Salom! Bu nima yoki nimasi boʻlsa endi? — Kagansky munozara 21:32, 1-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Salom. Zarafshon loyihasi doirasida yaratilgan maqola. Qandaydir xatolik bormi?ANJANIY!!#suhbat 04:03, 2-Iyul 2023 (UTC)Javob berish
Bu bino madrasa emas masjid. Hozirda ham faoliyat yuritadi. — Kagansky munozara 06:56, 12-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Status uchun ovoz bering! tahrir

Assalomu alaykum. „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Saidjamshid Jafarov maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Xasanboy off (munozara) 04:01, 3-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Xushsifat maqola nomzodi tahrir

Assalomu alaykum. Mana bu yerda xushsifat maqola uchun nomzod koʻrsatilgan. Ovoz berishda faollikka chaqiraman. Hurmat bilan, Mrjavokh1r (munozara) Mrjavokh1r (munozara) 22:34, 29-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

Tanlangan maqola uchun nomzod tahrir

Assalamu alaykum xurmatli faol foydalanuvchi. Men Inson yuragi nomli maqolamni TM uchun nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Bu jarayonda sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Hurmat bilan Wikisurgery94 (munozara) 09:42, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

XM statusi tahrir

  Prezident maktabi (Andijon) maqolasi
XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Ibrohimjon 11:28, 11-Sentabr 2023 (UTC)

XM statusi tahrir

Assalomu alaykum. XM statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Vanadzor maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:46, 11-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Yilning eng yaxshi Vikimediachisi maqolasi haqida tahrir

Salom. Ushbu maqolani Tanlangan ro'yxat statusiga nomzodlikka berganingizga ham 3 oydan oshdi. Nomzodga xulosa chiqarish vaqti chegaralanmagan, ammo keyingi nomzodlar berilguniga qadar, xulosa chiqarish kerak. Nomzod ro'yxat haqida berilayotgan fikrlarga muvofiq xatolari ustida ishlab, mezonlarga mos holga keltirishingizni tavsiya qilaman. Yoqimli tahrirlar! Umarxon III (munozara) 13:24, 27-Dekabr 2023 (UTC).Javob berish

Assalomu alaykum. Bu haqida ogohlantirganingiz uchun tashakkur. Xatoliklar qoʻldan kelgancha toʻgʻirlandi. Qayta koʻrib chiqib, fikr bildirasiz degan umiddaman. ANJANIY!!#suhbat 08:04, 8-Yanvar 2024 (UTC)Javob berish

Jamoa aʼzoligi uchun tashakkurnoma tahrir

  „Pentagon“ jamoasi
Sizni WikiStipendiya III marafonida Pentagon jamoasiga qoʻshilganingiz bilan tabriklayman. Taklifimni qabul etganingiz uchun tashakkur izhor etaman😇

PanPanChik #yozish 18:02, 25-Aprel 2024 (UTC)Javob berish

Bunday jamoada boʻlish menda oʻzgacha faxr uygʻotadi. Sizga ham tashakkur. ANJANIY#munozara 19:36, 25-Aprel 2024 (UTC)Javob berish