Foydalanuvchi munozarasi:Laziz Baxtiyorov/2022

Eng oxirgi fikr: 1 yil oldin (Laziz Baxtiyorov tomonidan „Yulduz“ mavzusida)
Tepaga
Pastga

Assalomu alaykum!--Abdurasul qori (munozara) 07:03, 23-May 2022 (UTC)Javob berish

Kishi ismlari tahrir

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur! Sizdan iltimos qilardimki, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang (VP:Maqolalarni nomlash sahifasi bilan tanishib chiqing). Masalan, 'Isaak Titsingx emas, Isaac Titsingh. Malikxan munozara 11:12, 4-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

Pax Suriya tahrir

Maqola nomini nega Pax Suriya, deb nomlagansiz? Oʻzingiz maqolada lotincha soʻzligini keltirgansiz-ku, yoki lotinchada ham Suriya deyisharmikan? Maqola nomini Pax Syrianaga koʻchirdim. Mashina tarjimasidan foydalanishingiz mumkin, lekin mazmunli boʻlishi kerak. Maqolangizdagi mana bu jumlaga eʼtiborni qaratmoqchiman: "Pax Suriya (lot., „Suriya tinchligi“) tarixshunoslik atamasi boʻlib, Gʻarbiy Osiyodagi xalqaro munosabatlarni oʻrganishda qoʻllaniladigan.". Qoʻllaniladigan? Maqolada keraksiz joylarda boʻshliq (probel) tashlagansiz, Oʻ va Gʻ harflarini toʻgʻri yozmagansiz. Bizga faqat son emas, sifat ham muhimdir. 100 ta sifatsiz maqoladan 10 ta sifatli maqola afzal. Malikxan munozara 15:27, 13-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

Iltimos, shu kabi xatolarga yoʻl qoʻygan barcha maqolalaringizni tuzatib chiqing. Malikxan munozara 15:27, 13-Iyun 2022 (UTC)lJavob berish

Tanlangan maqola statusi uchun ovoz berish tahrir

Assalomu alaykum!

https://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:Yaxshi_maqola_nomzodlari/GIF_so%27zi_talaffuzi

Ushbu ssilka orqali oʻz fikringiz va ovozingizni berishingizni iltimos qilib qolaman. Har qanday fikr uchun oldindan rahmat ! Optima D (munozara) 07:31, 16-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

Pax Mongolica tahrir

salom, shu maqolani har bir abzats oxiriga kamida 3-4 ta manba qoʻyib chiqing. YM uchun ovoz beramiz. Umarjon Rahimov (munozara) 13:10, 25-Iyun 2022 (UTC)Javob berish

Ism Familiya tahrir

Oʻzbekcha Vikipediya kishilar haqida maqolalar yaratar ekansiz, ularni „Ism Familiya“ formatida nomlang. Masalan, Plotnikov Ivan Vasilevich emas, Ivan Plotnikov, deb nomlashingiz lozim. Bundan tashqari, yuklagan noerkin fayllaringizda insofli foydalanish asoslari keltirilmaganiga guvoh boʻldim. Masalan, Fayl:Ivan Plotnikov.jpg. Imkon qadar tez ushbu fayllariga {{Noerkin fayl}} andozasini tegishli joylarini toʻldirib qoʻshib chiqing. Masalan, mana bunday qilib. Malikxan munozara 07:40, 29-Iyul 2022 (UTC)Javob berish

Jonivor emas, hayvon huquqlari tahrir

Buni bekorga koʻchirdingiz: https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Maxsus:Log&logid=853732. Munozaraga qarang. 84.54.122.156 11:53, 22-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Orden tahrir

  Ensiklopedik mazmundorlik ordeni
Hurmatli Laziz Baxtiyorov! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan ulkan hissangiz uchun, maqolalar sifatiga va ensiklopedik ahamiyatiga berayotgan eʼtiboringiz uchun, jamoadagi faolligingiz sizni ushbu Ensiklopedik mazmundorlik yulduzi bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz. Xayrli va foydali ishingizni davom ettirasiz va ushbu yutuqlarda toʻxtab qolmaysiz degan umiddaman. Hurmat bilan — Umarjon Rahimov (munozara) 13:07, 24-Avgust 2022 (UTC).Javob berish

Dzungar Khanate sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi tahrir

 

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Dzungar Khanate nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „VP:TOʻM#M8 va VP:TOʻM#U1“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Panda D (munozara) 07:38, 26-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Khoshut Khanate sahifasi tezda oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi tahrir

 

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan Khoshut Khanate nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „M8: Avvaldan mavjud maqolaning nusxasi boʻlgan maqola“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Panda D (munozara) 07:26, 29-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Таджиев, Амин Хамраевич maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi tahrir

 

Siz tomoningizdan yaratilgan Таджиев, Амин Хамраевич maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Таджиев, Амин Хамраевич sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:05, 5-Sentabr 2022 (UTC)

What was the revert for? Minorax (munozara) 03:02, 7-Sentabr 2022 (UTC)

Andozadan foydalanish jarayonida ba'zi errorlar mavjud edi Laziz Baxtiyorov (munozara) 19:56, 24-Sentabr 2022 (UTC)
Salom. Menimcha, <font ni <span ga almashtirgani ortidan xato yuzaga kelmasligi kerak. Qanday xatoliklar yuzaga kelganini ayta olasizmi? Rahmat.
Malikxan munozara 20:01, 24-Sentabr 2022 (UTC)
Hozir esimda emas. Lekin shu tahrir qaytarilgach normal ishlay boshlagandi Laziz Baxtiyorov (munozara) 21:01, 24-Sentabr 2022 (UTC)

Fountain baholash ogohlantirish tahrir

Assalomu alaykum @Laziz Baxtiyorov. Avvalo maqolani tekshirganiz uchun rahmat. Lekin sababini keltirmay 0 ball qoʻyishingiz mantiqdan emas. Agar hakam boʻlishizdan oldin sizga ham shunday munosabat bildirilganda reaksiyangizni koʻrardik. Sizdan oldingi baholagan tajribali hakamlar ishini jiddiy koʻrib chiqishingizni soʻrab qolaman. Tem bole maqola murakkab uslubda rasmiylashtirilgan edi. ShohjahonSobirov (munozara) 07:36, 24-Sentabr 2022 (UTC)

Sababini keltirmay 0 qo'yilmagan. Faqat o'qiy bilish kerak sababni. Maqola matnini o'chirib yuborishingiz esa alohida masala Laziz Baxtiyorov (munozara) 19:58, 24-Sentabr 2022 (UTC)

Fayllar tahrir

Salom.

Siz tomoningizdan yuklangan fayllar oʻchirildi. Sababi ularda foydalanish asosi, qayerdan olinganligi va h.k. koʻrsatilmagan. Iltimos, VP:TFS va VP:IFM sahifalari bilan tanishib chiqing. Noerkin fayl yuklaganda, mana bu andozadan foydalanishingiz lozim.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 15:14, 29-Sentabr 2022 (UTC)

Forumda ishtirok eting! tahrir

Salom, Laziz Baxtiyorov ! Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 16:41, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Ovoz berishda ishtirok eting! tahrir

Assalomu alaykum! Ushbu sahifada boʻlayotgan ovoz berish jarayonida qatnashishingizni iltimos qilib qolgan boʻlar edim. Soʻrovnomaga befarqlik koʻzi ostida boqmasligingiz, ovoz berishda ishtirok etishingiz, Vikimizda tahrirlar soninig oshishiga xizmat qilishi mumkin. Hurmat bilan MaxiMillian (talk) 12:21, 12-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Nomzod maqola uchun tahrir

Assalomu alaykum Laziz aka, ism darslik kitoblariga koʻra olindi. Literatsiya Nodir aka aytganlaridek ruwikiga qaraldi. Gʻaliz tarjimalarimni yana qaysilari bor?: bunisi gʻaliz boʻlibdi toʻgʻri, qolganlarini toʻgʻirlardim. Javob uchun raxmat! Musulmanchik (munozara) 13:59, 21-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Buni mani munozara sahifamda emas, e'tiroz yozilgan munozaraga yozsangiz yaxshi edi. Ismlar uchun ona tilidan qabul qilish mumkin bo'lganda ruwikidan olishingizning o'zi g'alati emasmi Lazizbek  munozara 14:34, 21-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Yulduz tahrir

  Portalchilar“ yulduzi
Hurmatli, Laziz Baxtiyorov sizni "Portalchilar" jamoasiga a'zo bo'lganingiz uchun tabriklagan holda, ushbu yulduzni sizga sovg'a qilmoqchiman. Biz bilan birga bo'lishni tanlaganingiz uchun tashakkurlar! Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 06:36, 5-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish
Tashakkur! Lazizbek  munozara 06:47, 5-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish
„Laziz Baxtiyorov/2022“ foydalanuvchi sahifasiga qaytish.