Fyodor Mixaylovich Uspenskiy (1902.8.2, Kostroma gubernyasi, Berisyachka qishlogʻi — 1984.15.5, Toshkent) — entomolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori. Leningrad amaliy zoologiya va fitopatologiya institutini tugatgan (1929). Samarqand oʻlka va Xorazm okrug, Namangan viloyati oʻsimliklarni himoya qilish stansiyalari va tayanch punktlarida yoʻriqchi (1929— 38), SoyuzNIXI oʻsimliklarni himoya qilish stansiyasida katta ilmiy xodim (J938—44), laboratoriya mudiri (1945—58), Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish institutida laboratoriya mudiri (1958—62), direktor oʻrinbosari (1962—69), katta ilmiy xodimmaslahatchi (1970—84). Ilmiy ishlari oddiy turkiston oʻrgimchakkanasi biologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. U. ishtirokida bu hasharotga qarshi kurash tadbirlari tizimi yaratilgan; ekinlar zararkunandalariga qarshi kurash va kimyoviy ishlov berish muddatlarini aniklash usullari ishlab chiqilgan.

Manbalar tahrir

  • Obiknovenniy pautinniy klesh oroshayemix rayonov Sredney Azii, T., 1960; Pautinniy klesh biotsenoza xlopkovix poley i sistema priyomov integrirovannoy borbi s glavneyshimi vreditelyami xlopchatnika v Uzbekistane, T., 1970.