Gʻuzor
Gʻuzor — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi shahar (1977-yildan), tuman markazi. Aholisi 49,7 ming kishi (2022)[1].
Gʻuzor | |
---|---|
shahar | |
38°37′15″N 66°14′53″E / 38.62083°N 66.24806°E G OKoordinatalari: 38°37′15″N 66°14′53″E / 38.62083°N 66.24806°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Gʻuzor tumani |
Aholisi (2022-yil 1-yanvar) |
49 700 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Tarixi tahrir
Gʻuzor koʻp asrlik tarixga ega. Manbalarda shahar nomi Huzor, Gʻuzor deb yuritiladi. Buxoro amirligidagi mavjud 27 beklikning biri boʻlgan. 1977-yilda Gʻuzorga shahar maqomi berilgan, bungacha qishloq sifatida yuritilgan. Gʻuzorda polyaklar harbiy qabristoni bor.
Geografiyasi tahrir
Gʻuzor Qarshi shahridan 58 km janubi-sharqda, Qashqadaryoning irmogʻi boʻlgan Gʻuzordaryo boʻyida joylashgan. Shaharda shu nomdagi temir yoʻl vokzali (3 km) mavjud. Qarshi, Kitob, Qumqoʻrgʻon temir yoʻllari Gʻuzor temir yoʻl bekatida tutashadi.
Sport tahrir
„ Shoʻrtan“ futbol jamoasi Gʻuzor sharafini himoya qiladi. Jamoa Oʻzbekiston Pro ligasi vakili. Shoʻrtan 2010-yil Oʻzbekiston Oly ligasida 4-oʻrin, 2014-yil Oʻzbekiston Birinchi ligasi gʻolibi boʻlgan. 2010-yil Oʻzbekiston kubogi bahslarida finalgacha yetib borgan.
Iqtisodiyoti tahrir
Qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlash, qurilish tashkiloti, kimyo va agrokimyo korxonalari. Yengil sanoat korxonalari shaharda joylashgan.
Ijtimoiy soha tahrir
Umumiy taʼlim maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻuzor yonidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Gʻuzordan Qarshi, Samarqand va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[2]
Manbalar tahrir
- ↑ https://www.qashstat.uz/uz/?preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=297&id=3306&Itemid=1000000000000
- ↑ "Gʻuzor" OʻzME. Gʻ-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |