Dagʻalkanop
(Gʻoʻzordan yoʻnaltirildi)
Dagʻalkanop, gʻoʻzor (Abutilon theophrasti Medic.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, tukli, boʻyi 40— 250 sm. Barglari yirik, uzun bandli, keng tuxumsimon, sertuk, navbatma-navbat joylashgan. Gullari bandi uzun, sariq yoki toʻq sariq, yirik, besh boʻlakli. Mevasi qobirgʻali qoʻngʻirsariq koʻsakcha. Oʻq ildizi 1 m dan koʻproq chu-qurlikka yetadi, yon ildizlari bor. Iyul—sentabrda gullab, avgust—okt.da me-valaydi. Bir tupi 1800 gacha urugʻ beradi. Issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik. Maysalari aprel
Dagʻalkanop | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
da paydo boʻladi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik yerlarida tarqalgan. Gʻoʻza va boshqa chopiq qilinadigan ekinzorlar, bedapoyalar, shuningdek, yoʻl yoqalari, bogʻlarda oʻsadi.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |