Gʻovazon
Gʻovazon (ruscha: Гавазан) — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Tuman markazidan 6 kilometer. Yaqin temiryo'l bekati(Chortoq)-27 kilometer. Podshootasoy XIX asrning boshida o'zanini o'zgartirib, atrofga katta zarar yetkazgan. Aholi sel yo'liga g'ov - to'siq qurishga otlangan. Inshoot qurilishi ibtidosi yoki yakunlanishi azon payti sodir bo'lgan. Ana shu "Azondagi g'ov", "g'ovi azon" birikmasidan qishloqnomi kelib chiqqan degan fikr mavjud. Yer maydoni 1000 gektar, aholisi 5558 kishi(2010 yil). Asosan bog'dorchilik, uzumchilik, kartoshkachilik bilan shug'illanadi. Podshootasoy va buloqlardan suv ichadi.[1]
Manbalar tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |