Gʻunajin — 2 yoshdan oshgan urgʻochi qoramol. Tanalar zoti va oʻsishiga qarab birinchi bor qochirishga qoʻyiladi va boʻgʻozlik muddati 6 oyga yetganda Gʻunajin. guruhiga kiritiladi. G'unajinlar boʻgʻozlik davrida toʻyimli va sifatli ozuqalar, makro- va mikro-elementlar, mineral ozuqali qoʻshimchalar bilan boqiladi va parvarishlanadi. Bunday parvarish Gʻunajinning sogʻlom oʻsishi va homilaning normal rivojlanishini taʼminlaydi. Tugʻishiga 10 kun qolganda ratsiondagi shirali va konsentrat ozuqalar miqdori 50% ga kamaytiriladi, tugʻishi nazoratga olinadi hamda uning buzoqlashida birinchi yordam koʻrsatiladi.