Gazniqob (gaz va niqob soʻzlaridan) — nafas organlari, yuz va koʻzni zaharli radioaktiv moddalar va bakterial vositalar taʼsiridan himoya qiluvchi asbob. Filtrlovchi va izolatsiyalovchi turlarga boʻlinadi. Filtrlovchi gazniqobni 1915-yili Nikolay Zelinskiy ixtiro etgan. U gazni tozalaydigan quticha, niqob-shlem va ularni tutashtiruvchi naychadan iborat boʻlgan. Bunday gazniqob atrofdagi zaharli havoni tozalab beradi. Izolatsiyalovchi gazniqob regenerativ patron, nafas olish qopchasi, karkas, niqob-shlem va tutashtiruvchi naychadan iborat. Bunday gazniqob komplektida ampulali quticha, sumka va boshqalar boʻladi. Izolatsiyalovchi gazniqobda tashqaridagi havodan foydalanilmaydi, uning regenerativ patronidagi kislorod bilan nafas olinadi.[1]

1970—1980-yillarga oid gazniqob.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil