Generator lampa — yuqori chastotali tebranishlarni hrsil qiluvchi va kuchaytiruvchi elektr-vakuum asbob. Ish chastotasiga kura, past chastotali (/^ax<200 kGs), uzun va qisqa toʻlqinli (/^>x<25 MGs), ultraqisqa toʻlqinli (Upax<600 MGs) va desimetr-santimetrli (4„^600 MGs) xillarga boʻlinadi. G. l. kuchaytirgich elektron lampalar kabi ishlaydi, lekin tuzilishiga kura ayrim xususiyatlari bilan ulardan farq qiladi. G. l.larni loyihalash jarayonida ularda ajraladigan issiklik energiyasini kamaytirish muammosini hal qilish talab etiladi. Ayniqsa G. l. elektrodlarida ajraladigan bir necha 100 kVt energiyani eng kam miqdorgacha pasaytirish katta muammo. Shuning uchun ham bunda sunʼiy sovitish usullaridan keng foydalaniladi. Kuchli G. l. (100 kVt gacha), havo yordamida, suv yordamida sovitiladi. G. l.larning anodi ochiq silindr yoki toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishida boʻlib, molibden, tantal, niobiy va qotishmalardan yasaladi. Yuqori quvvatli G. l.larning anodi stakan koʻrinishida yasaladi. Oʻta yuqori chastotali G. l.larning anodi esa koʻpchilik hollarda sterjen koʻrinishida boʻladi. G. l.larning qobiqlari shisha, keramika, metall, metall-shisha va metall-keramikadan tayyorlanadi. G. l. triod, tetrod va pentod lampalar asosida yaratiladi. Kombinatsiyey G. l.lar: ikkilangan triodlar, ikkilangan tetrodlar, ikkilangan pentodlar ikki taktli generatorlarda foydalaniladi. Triodpentod asosida yaratilgan G. l.lar ham ishlatiladi. Yangi turdagi G. l. — magnetron, klistron va b. ham yaratilgan. Ularda elektron optika usullaridan foydalanish natijasida elektrodlararo tok taqsimoti ancha yaxshilandi, elektrodlarda ajraladigan energiya ancha kamaytirildi, lampalarning foydali ish koeffitsiyenti oshirildi. G. l.lar turli radiouzatgich qurilmalarda, radio-eshittirish, radionavigatsiya, radioastronomiya, radiometeorologiya, radiogeologiya, radioboshqaruv, radioaloqa, televideniye, yuqori chastotalar texnikasi va maxsus radioelektron qurilmalarda ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil