Gennadiy Kochnev (ruscha: Геннадий Кочнев; 1-avgust 1968-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi[1].

Gennadiy Kochnev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gennadiy Kochnev
Tavallud sanasi 1-avgust 1968-yil (1968-08-01) (55 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR
Boshqargan klublari
Years Team
2009 Mashʼal
2010—2011 Buxoro
2017 Shoʻrtan
2021—2022 Shoʻrtan (assistent)
2022—2023 Gʻijduvon

Murabbiylik faoliyati tahrir

Buxoro futbol tarbiyalanuvchisi Gennadiy, futbolchilik faoliyati davomida asosan havaskorlar jamoalarida oʻynagan. Murabbiylik faoliyatini Buxoroda boshlagan va bir necha yillar davomida „Buxoro“ klubi tizimida ishlagan. 2009-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ jamoasida yordamchi murabbiy vazifasida ishlagan. 2010-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytgan va ikki mavsym davomidaklubda ishlagan. Uning murabbiyligi davrida 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibiga aylangan. 2012-yilgi mavsum oldidan klub bosh murabbiyligidan ketdi va bir necha mavsum klub tizimida ishlagan.

2015-yilgi mavsum oldidan yanggi tashkil etilgan Buxoroning „Nurafshon-Buxoro“ jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan[2]. Ikki yarim mavsum davomida „Nurafshon“ jamoasida ishlagan[3] Kochnev 2017-yilgi mavsum ikkinchi yarmida Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan[4][5]. 2018-yilgi mavsum oldidan Termizning „Surxon“ klubi ish boshladi va klub tizimida ishlagan[6].

2021-yilgi mavsumda Rossiyaning „Neftgazomantaj“ jamoasida sport direktori lavozimida ishlagan[7]. 2022-yil mavsum oldidan Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga Asror Aliqovga yoramchi murabbiy sifatida qaytdi. Bir muddat Gʻuzorda ishlagan Kochnev 2022-yil ikkinchi yarmidan Gʻijduvonning „Gʻijduvon“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[8][9][10]. Gʻijduvob klubiga bir yarim mavsum bosh murabbiylik qilganidan soʻng 2023-yil mavsum yakunida jamoani tark etgan.

Yutuqlar tahrir

Shaxsiy hayot tahrir

Gennadiy Kochnev futbolchi Yevgeniy Kochnevning otasidir. Yevgeniy 2022-yilgi mavsumda kelishilgan oʻyinlarda ablanib futbolda 3 yilga chetlatilgan[11].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir