Yevgeniy Kochnev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yevgeniy Gennadyevich Kochnev | ||
Tavallud sanasi | 3-dekabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi |
Buxoro, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1,77 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008 | Mash’al Akademiya | ||
2009 | Mash’al | (50) | |
2011—2015 | Buxoro | ||
2017 | Nurafshon-Buxoro | ||
2017 | Shoʻrtan | ||
2018 | Tyurkisher Oldenburg | ||
2018 | Gokulam Kerala | ||
2019—2020 | Shoʻrtan | ||
2020—2021 | Utar Baridxara | ||
2022 | Buxoro | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Yevgeniy Gennadyevich Kochnev (1992-yil 3-dekabr, Buxoro) – oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi.
Futbolchilik faoliyati tahrir
2006—2008-yillarda „Mashal“ futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi. 2009-yilda „Mash’al“ asosiy tarkibga oʻtib, yoshlar jamoasida 15 ta oʻyin oʻtkazdi. 2010-yilda birinchi ligada toʻp surgan „Buxoro“ klubiga oʻtdi. 2010-yilda klub Oʻzbekiston birinchi divizionida birinchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatiga chiqdi. 2015-yilda klubni tark etgan. 2015-yilgi mavsumda Muborakning „mash’al“ klubida oʻynagan[1].
Keyin birinchi ligadagi „Nurafshon“ klubiga oʻtib, 2017-yilgacha bir yarim yil shu klubda toʻp surdi.[2] 2017-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Oʻzbekiston oliy divizioni Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻtkazdi. 2018-yilda u klubni tark etib, Hindistonning Gokulam Kerala klubi bilan shartnoma imzoladi[3].
2022-yilda kelishilgan oʻyinlardan ishtirok etganligi aniqlanib 3 yil muddatga futbolning harqanday faoliyatidan chetlatilgan[4].
Xalqaro oʻyinlar tahrir
2012-yilda Oʻzbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi mashgʻulotlarida boʻlgan. Nepaldagi Osiyo saralash bosqichida oʻynagan. Guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, Osiyo oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Shaxsiy hayot tahrir
Yevgeniy taniqli murabbiy Gennadiy Kochnevning farzandi hisoblanadi.
Manbalar tahrir
- ↑ „Евгений Кочнев "Машъал"да“ (2015-yil 13-iyul).
- ↑ „«Насаф-2» обыграл на выезде «Нурафшон»“. 2018-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-noyabr.
- ↑ „Ўз омадини Бангладешда синаб кўрган бухоролик йигит“ (2021-yil 6-yanvar).
- ↑ „Махарадзе 5 йилга футболдан четлатилди — Этика қўмитаси қарори“ (2022-yil 16-sentyabr).